Islombeck

QISQACHA, LEKIN KO'P NARSA HAQIDA

Ichimni anchadan beri ko'p narsalar tirnayapti. Xususan orzular, maqsadlar, harakatim, chalg'ituvchi omillar, xohishlar, erkinlik, deadline va hokazo...

Qiyin davr, qiyin jarayon. Uzilish kerak. Ba'zi narsalardan voz kecha bilish kerak.

7 o'lchaysiz, lekin kesa olmaysiz. Yaxshi bo'lishini va yaxshilikka bo'lishini bilasiz, ammo jur'at qilolmaysiz.

Huddi tilingiz bor gapira olmaysiz, qo'lingiz bor ishlata olmaysiz.


Meni otam tadbirkor qilib tarbiyaladi. Erkin o'sishimni juda xohladi va buning uchun juda ko'p harakat qildi. Ular maqsadiga yetdim deganida men taslim bo'lib, ishchi qismga kirib qoldim. Hech narsadan nolimayman, barchasi uchun shukr va rahmat deyman. Lekin...

Tabiatim baribir tortaveradi. Doim-doim tortadi.

Bolaligimdan ambitsiyalarim katta. Men kichkina orzu qilolmayman. Xohishlarim ko'paysa ko'payadi, ammo kamaymaydi. Har doim yaxshiroq, kuchliroq, ko'proq bo'lishini xohlaganman. Chiroyli ma'noda "ochko'zman" Bir xil joyda qolish, stabil hayot kechirish menga emas. Men o'sishni rivojlanishni istayman. Hodim sifatida bu o'sish cheklanganini chuqur his qildim. Men xohlagan narsalarga bu yo'l orqali umuman erishib bo'lmaydi! Bu 100%. 

Hodim sifatida yaxshi yashash mumkinmi? Albatta, lekin yanada yaxshiroqqa imkoningiz bo'lsachi? Yani qo'lingizda ko'proq narsa kelsa, ammo siz shu ham yetarli deb o'tirasizmi? Yoki ko'proq narsa uchun harakat qilasizmi?

Umrimizni 70-90%ni ma'no izlab o'tkazamiz, endi topdim deganimizda esa umr tugagan bo'ladi. Meni hayotdagi ma'noyim shu qiladigan loyihalarim, jamiyat rivoji uchun qiladigan harakatlarim, odamlarga beradigan foydam. Bu qanchalik ko'p bo'lsa shuncha kam, yana yana deb davom etaveraman. Men odamlarga yaxshilik qilib kuch olaman. Ruhan yengillik sezaman. Men o'zimga yoqqan narsani, boshqalar bilan ulashishni xohlayman. Men eng yaxshi xizmatni ko'rsatishim kerak, men eng yaxshi mahsulotni ishlab chiqishim kerak. 

Dunyoga bir marta kelamiz. Birgina xato umrni uvol qilishi mumkin.

Men qobiliyatlarimni uvoliga qolishni xohlamayapman.

Niyatlarimni arzon pulga sotib, ularni qotiliga aylanishni ham xohlamayman.

Oldinda qanchalik qiyinchilik kutayotganini bilmayman. Lekin meni yo'lga chiqadigan vaqtim kelyapti...

O'z yo'limga, o'ppa-o'zimnikiga.

Bu shunchaki oddiy motivatsion gaplar emas, dildan dilga atalgan. Kerakli odam o'qiydi va unga ham bir kun shu fikrlar ta'sirini o'tkazishiga ishonaman!

Erkin tadbirkorlik va hodim bo'lish o'rtasida yer bilan osmonchalik farq bor.

Men rahbar ko'rmagan rahbar bo'lib qariyb 4yil ishladim va oxirgi 3yilda 3ta rahbar ko'rdim. 

Mas'uliyat va erkinlik teng yuradi. Qanchalik erkinlik xohlaysiz? Shunchalik mas'uliyatni ola bilish kerak. Lekin boshida erkinlik boshqacha ko'rinishda bo'ladi, keyinroq siz xohlagan holatga aylanadi. O'shandagina dunyo kezasiz va boshqa orzular tomon qadamlarni dadil tashlaysiz.

Rahbar bo'lish, to'liq mas'uliyatni qo'lga olish bu hammani ham qo'lidan kelavermaydi. Sabab oddiy, xohish yoq. Ba'zan o'ylab qolaman, bu xohishlar ham ne'mat! Kimdadir kam, kimdadir ko'p.

Hodim bo'lish stabil hayot xohlagan inson uchun zo'r yo'nalish. Faqat cheklovlar va ma'lum darajada cheklovli erkin zonada yashaysiz. Sizga boshqalar belgilab bergan chiziqlarda hayot qurasiz. Ba'zan siz xohlamasangizda boshqalar ustingizdan qaror chiqaradi, joyingizni o'zgartiradi yoki ishingizni.

Ish vaqtidan tashqari ishga bosh qotirmaslikka haqqingiz bor, lekin ish vaqtida ishdan tashqarida bo'lishga haqqingiz yo'q!

Odamni miyasidan tashqari unga ko'ngil ham began Yaratganga hamdlar bo'lsin) Ba'zan to'g'ri yo'lni miya tanlay olmasada, ko'ngil tanlab beradi))

Juda yaqinmasdir balki, lekin juda uzoq ham emas. Qolgan muddat har kuni 1kundan kamayib boryapti...

💡

Biroz kechikayotganim va ushlanib qolayotganim uchun, maqsadlarimdan uzr so'rayman!

06/05/2026 - ANGREN